Turkiya va Pokiston ISHID a’zosini qo‘lga oldi
Olam
−
02 iyun
2979Turkiya Milliy razvedka tashkiloti hamda Pokiston- razvedka xizmati tomonidan Pokiston-Afg‘oniston chegarasida olib borilgan qo‘shma maxsus operatsiya natijasida xalqaro terror tashkiloti – ISHIDning yuqori lavozimli turk vakili Abu Yasir al-Turkiy nomi bilan tanilgan O‘zgur Altun qo‘lga olindi. Bu haqda “Aydinlik” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Milliy razvedka tashkiloti o‘tkazgan tekshiruv tadqiqotlari natijasida Yevropa va Markaziy Osiyodan Afg‘oniston–Pokiston hududiga o‘tishni rejalashtirilayotgan shaxs qo‘lga olingan. U ISHIDning ommaviy axborot vositalari va logistika yo‘nalishida faoliyat yuritgan va “eng yuqori darajadagi ISHID rahbari” sifatida tanilgan Turkiya fuqarosi bo‘lib chiqqan. Shuningdek, ushbu shaxs Turkiya va Yevropadagi tinch aholi qatnashadigan konsert va ommaviy tadbirlarga qarshi hujumlar bo‘yicha buyruqlar bergan.
Turkiya tomonidan to‘plangan razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zgur Altun Afg‘onistonda faoliyat yuritib, Pokistonga o‘tishni rejalashtirgan. Bu ma’lumotlar Pokiston razvedka xizmatiga yetkazilgan va ular Turkiyaga to‘liq yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirgan.
Shundan so‘ng, Pokiston kuchlari bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borilgan aniq harakatlar natijasida razvekachilar Altunni Pokiston-Afg‘oniston chegarasida qo‘lga olib, uni Turkiyaga deportatsiya qilgan.
So‘roq jarayonida Altun Turkiyadan Afg‘oniston–Pokiston hududiga ISHID a’zolarini yo‘naltirgani, ISHIDning axborot nashrlarini (jumladan ingliz va turk tillarida) boshqargani va butun dunyodagi shaxslarni hujumlarga undagani haqida gapirgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi yana oshdi.
15 iyul
Moskva yana suv ostida qoldi.
15 iyul