Turkiya va Xitoy koronavirusni 4 kunda davolaydigan dori topgani rostmi?

Salomatlik

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya va Xitoyda koronavirusni davolovchi dori ixtiro qilingani, hatto, Turkiyada bu holat katta bayramga aylanib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Uni ichgan bemorlar 4 kunda tuzalib ketarkan. Xo‘sh, bu rostmi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi. 

“Agar shunday imkoniyat bo‘lganda, koronavirus infeksiyasi dunyoni tahlikaga solmagan bo‘lardi. Hozir shunday katta tezlik, intensivlik bilan bu kasallik tarqalyaptiki, insoniyat unga qarshi hech qanday chora topolmayapti. Agar 4 kundja davolab yuboradigan dori topilganda edi, allaqachon bundan boxabar bo‘lardik va dunyo hamjamiyati uni jon dili bilan ishlatgan bo‘lardi”, deydi Otabekov. 

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida koronavirusni yuqtirib olganlar 549 604 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 24 863 nafari vafot etdi. 127 531 nafari sog‘aygan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda bemorlar 83 nafarni tashkil etmoqda. Koronavirusga chalingan bir bemor miokard infarktidan vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus Nurmat Otabekov

Baholaganlar

1079

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing