Turkiya va Iroq PKK'ga qarshi birgalikda kurashadigan bo‘ldi

Olam

image

Anqara va Bag‘dod terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Iroqqa rasmiy tashrifi doirasida imzolangan yigirmadan ortiq hukumatlararo kelishuvlarni imzolash marosimidan so‘ng ma’lum qildi.

"Terrorizmga qarshi kurash kun tartibimizning asosi bo‘ldi – Turkiya zamonaviy tahdidga qarshi kurashda Iroqqa har tomonlama yordam berishga tayyor", degan Erdo‘g‘an. 

Shuningdek, u Bag‘dodga tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan kelishuvlarni ikki tomonlama munosabatlardagi burilish nuqtasi, deb atagan. 

"Ushbu hujjat doirasida xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, iqtisod, savdo, energetika, transport, ekologiya, transchegaraviy suvlar, sog‘liqni saqlash va ta’lim kabi sohalarda hamkorlik qiluvchi doimiy qo‘mitalar tashkil etishga qaror qildik. Bu esa hamkorlikning yangi istiqbollarini ochadi", degan u.

Erdo‘g‘an Bag‘dodda Iroq Prezidenti Abdul Latif Rashid va Bosh vazir Muhammad al-Sudaniy bilan uchrashgan. Muzokaralarda asosiy masalalar – Kurdiston Ishchilar partiyasi (PKK)ga qarshi kurashish va shu maqsadda qo‘shma operatsion markaz yaratish, o‘zaro savdo, suv resurslarini taqsimlash va neftni tashish bo‘lgan. Shuningdek, “Taraqqiyot yo‘li” yirik logistika loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an 12 yil ichida ilk bor rasmiy tashrif bilan Bag‘dodga bordi. Turkiya Prezidentining Iroq Kurdistonining markazi – Erbilga borishi ham kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Erdo‘g‘anning Iroqqa borgani va ushbu tashrifdan maqsadi haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Iroq Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing