Turkiya va Eronda zilzila bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 24 mart kuni Eron va Turkiyada zilzila bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Erondagi zilzila 5,3 magnitudali bo‘lib, ofat epimarkazi aholisi 175 ming bo‘lgan Xoy shahridan 25 km janubda, 30 km chuqurlikda joylashgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha ma’lumotlar olinmagan.

Shuningdek, Turkiyada ham 5 magnitudali zilzila qayd etilgan bo‘lib, uning epimarkazi 376 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan Qahramonmarash shahridan 65 km shimoli-g‘arbda, 5 km chuqurlikda joylashgan. Bu zilzilaning ham qurbonlari haqida ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali ikkita vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Yer qimirlashlari va minglab yerosti silkinishlari respublikaning 11 viloyati va qo‘shni mamlakatlarda sezilgan bo‘lib, ulardan Suriya eng ko‘p jabr ko‘rgan. Turkiyada qurbonlar soni 50 mingdan oshdi. Turkiyaga yetkazilgan tabiiy ofatdan jami zarar, BMT prognozlariga ko‘ra, 100 milliard dollardan oshishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Eron zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing