Turkiya va AQSHning yangi ma’muriyati o‘rtasida ilk muzokaralar o‘tkazildi
Olam
−
03 fevral 2021 3215 1 daqiqa
Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Matbuot kotibi Ibrohim Kalin va AQSH Prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan o‘rtasida muzokara o‘tkazildi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar bergan.
Telefon orqali o‘tkazilgan ushbu suhbat Turkiya Prezidenti idorasi va Amerikaning yangi rahbari ma’muriyati o‘rtasidagi birinchi aloqa bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Kalin va Sallivan Anqara va Vashington, Suriya, Liviya, Sharqiy O‘rta yer dengizi, Afg‘oniston, Tog‘li Qorabog‘ va Kipr o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilgan.
Shuningdek, suhbatdoshlar NATOdagi ittifoqchilikni mustahkamlash hamda mintaqaviy va global tinchlik, barqarorlikni ta’minlash choralarini ko‘rish zarurligi to‘g‘risida kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSH Prezidenti Jo Bayden ilk marta telefon orqali muloqot qilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28