Turkiya o‘zining birinchi milliy jangovar samolyotini ishlab chiqdi

Olam

image

Bugun, 18 mart kuni Turkiyaning birinchi milliy jangovar samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqdi. Bu haqda Turkiya Mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Demir Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Biz 18 mart kuni milliy jangovar samolyotimizni angardan olib chiqamiz, degandik. Samolyotimiz bugun uchish-qo‘nish yo‘lagida! Prezidentimiz janob Erdo‘g‘an rahnamoligida samolyotimizning samoga ko‘tarilishiga guvoh bo‘lamiz degan umiddaman”, deb yozgan Ismoil Demir.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya Qurolli kuchlarining qiruvchi samolyotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan loyiha 2023 yilda yakunlanadi. Uning doirasida samolyot komponentlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 300 ga yaqin ish olib borilmoqda. Samolyot eng yangi texnologiyalar bilan jihozlanishi, shuningdek, yuqori manyovr, yuqori nishon aniqligi va boshqa afzalliklarga ega bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu jangovar mashinalar 2030 yilgacha F-16 samolyotlari bilan almashtirilib, Turk Qurolli Kuchlari xizmati kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, loyiha Turkiyada yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga kuchli turtki beradi. Amalga oshirish rejalashtirilayotgan texnologik va infratuzilmani rivojlantirish loyihalari bilan turk qiruvchi samolyotining ishlab chiqilishi Turkiyani harbiy va siyosiy jihatdan yangi bosqichga olib chiqa oladigan ilg‘or texnologik jarayon sifatida baholanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya qiruvchi samolyot Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing