Turkiya O‘zbekistonning eksport ulushida Rossiyadan o‘tib ketdi
Jamiyat
−
02 iyul 2021
8355O‘zbekiston eksport ulushida Turkiya joriy yilning yanvar-may oylarida Rossiya ko‘rsatkichlaridan yuqori natija qayd etdi. Davlat statistika qo‘mitasi shu vaqt oralig‘ida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlarni ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston eksportida Turkiya 694,1 million AQSH dollarlik ulush bilan ikkinchi o‘rinni olgan. Bu bilan Turkiya o‘tgan yilning shu davrida ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Rossiyadan o‘zib ketdi.
O‘zbekiston eksportidagi TOP-10 davlatlar ro‘yxati quyidagi ko‘rinishda:
- Xitoy — 835,4 million AQSH dollari;
- Turkiya — 694,1 million AQSH dollari;
- Rossiya — 658,6 million AQSH dollari;
- Qozog‘iston — 442,0 million AQSH dollari;
- Afg‘oniston — 296,3 million AQSH dollari;
- Qirg‘iziston — 273,0 million AQSH dollari;
- Tojikiston — 153,8 million AQSH dollari;
- Kanada — 84,8 million AQSH dollari;
- Eron — 81,6 million AQSH dollari;
- Ukraina — 68,7 million AQSH dollari.
Qayd etish kerakki, joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning jami eksport hajmi 5,7 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida Xitoy (663,6 mln), Rossiya (529,3 mln) va Turkiyaning (350,8 mln) ulushi yuqori bo‘lgan edi.
LiveBarchasi