Turkiya O‘zbekistonga o‘pkani sun’iy shamollatish apparatini yubordi

Jamiyat 3630
image

Turkiya hukumati O‘zbekistonga 50 ta sun’iy nafas oldirish apparatini yordam sifatida yubormoqda. U Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 21 may kuni Istanbuldan parvoz qilgan maxsus charter reysi orqali Toshkentga yetkaziladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi Turkiya muhandislari ishlanmasini O‘zbekiston ehtiyojlari uchun beg‘araz asosda taqdim etilishi masalasini ishlab chiqdi.

Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Xalqaro aloqalar bosh boshqarmasi rahbari professor Salim Qilichning qayd etishicha, Turkiyaning o‘zida ham ushbu qurilmalarga bo‘lgan talabning to‘liq qondirilmaganiga qaramasdan, mamlakat birodar O‘zbekistonga zarur tibbiy uskunalarni taqdim qildi.

“Ushbu sun’iy nafas oldirish apparati Turkiyaning “Arçelik”, “ASELSAN”, “Baykar Makine” va “Biosys” kabi yirik kompaniyalari muhandislari tomonidan yaratilgan.

Yangi tibbiy uskunaning birinchi 100 tasi Istanbulning Bashakshehir tumanidagi shahar shifoxonasiga topshirilgan. Uni ommaviy tarzda ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish ishlari “Arçelik” fabrikasida tashkil etildi. Korxonada kuniga 250 ta ana shunday moslamani tayyorlash yo‘lga qo‘yildi”, deydi Salim Qilich.

Olib kelinadigan tibbiy uskunalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashishda foydalanish uchun topshiriladi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 105
Reyting: 3
t
×