Turkiya o‘z qiruvchi samolyotlariga F-16 dvigatellarini o‘rnatmoqchi

Olam

image

Turkiya o‘z hududida Amerikaning General Electric korporatsiyasining F-16 qiruvchi samolyotlarida qo‘llaniladigan F110 dvigatellarini ishlab chiqarmoqchi. Respublika Turkish Aerospace Industries kompaniyasining beshinchi avlod Kaan jangovar samolyotlarini ular bilan jihozlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Nashr manbasiga ko‘ra, Anqara allaqachon ushbu dvigatellarni ishlab chiqarishda ishtirok etish uchun Vashingtondan ruxsat so‘ragan. Turkiya Kaan qiruvchilari uchun o‘zining dvigatel modellarini ishlab chiqmaguncha, ularga ikkita F110 dvigatellarini o‘rnatmoqchi.

“Bloomberg”ning yozishicha, Kaan'ning birinchi parvozi 2024 yil yanvariga mo‘ljallangan.

Ushbu qiruvchi samolyot 2017 yilda Milliy jangovar samolyotlar dasturi doirasida yaratilgan. Uning ommaviy ishlab chiqarilishi 2028 yildan boshlanishi kerak edi. Turkiya rasmiylari Kaan taktik va texnik xususiyatlari bo‘yicha Amerika F-35 dan oshib ketishini va kelajakda respublika harbiy-havo kuchlarida xizmat ko‘rsatuvchi F-16 qiruvchi samolyotlarining o‘rnini egallashini prognoz qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada AQSH Prezidenti Jo Bayden va Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon suhbati chog‘ida F-16 ta’minoti masalasini muhokama qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya F-35 Kaan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing