Turkiya urushda hech kimning tarafida bo‘lmaydi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya hech qanday harbiy to‘qnashuvlarda taraf bo‘lmaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turk OAVlariga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

"Xalqga murojaat qilmoqchiman, Turkiya harbiy mojarolarda oson va oddiygina taraf bo‘lmaydi. Turkiya har doim tinchlik tarafdori bo‘ladi, uni himoya qiladi, global tinchlikni mustahkamlash uchun qadamlar tashlaydi. Aslida, Rossiya-Ukraina mojarosida bizning vazifamiz aynan shundan iborat", deydi u. 

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, ayni paytda Turkiya o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha qurollarni ishlab chiqarmoqda va ehtimoliy harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda o‘zini to‘liq ta’minlashi mumkin.  

"Men shunchaki samolyot va tanklar haqida gapirmayapman. O‘q-dorilar. Turkiya hozirda barcha turdagi o‘q-dorilarni ishlab chiqaradi. Ammo avvallari biz ularni qo‘lga kiritish uchun ostonadan o‘tishimiz kerak edi. Xudo ko‘rsatmasin, albatta, lekin urush bo‘lsa, hech kimga qaram bo‘lmaymiz", deydi Prezident. 

Turkiya Ukrainadagi mojaroda betaraf qolishga harakat qilmoqda va vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun Moskva va Kiyev o‘rtasida vositachilik qilish choralarini ko‘rmoqda. Bundan tashqari, Anqara Yevropa Ittifoqi va AQSHning Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalariga hali qo‘shilmagan. Turkiya rahbariyati avvalroq sanksiyalar to‘g‘risidagi qaror BMT Xavfsizlik kengashidan kelgan taqdirdagina cheklovchi choralarga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing