Turkiya o‘rmonlaridagi yong‘inga aloqador 7 gumondor ko‘lga olindi

Olam

image

Turkiyada kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lmoqda. Bu haqda “Anadolu” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 avgust kunidan beri davom etayotgan yong‘inlar milliondan ortiq kishi yashaydigan Izmir shahrigacha yetib borgan. Mintaqada 4000 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Ayni damda beshta viloyat: Izmir, Oydin, Mug‘la, Manisa va Boluda yong‘inlar o‘chirilmoqda. Tabiiy ofatga qarshi kurashish uchun 42 ta vertolyot va 11 ta samolyot, shuningdek, 366 ta yer osti vositalari jalb etilgan, shuningdek, oxirgi ikki kun ichida 7662 tonna suv sarflangan.

Turkiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakliga ko‘ra, yong‘inga odamlar sayr qilish vaqtida yoqqan olovi sabab bo‘lgan. Turkiya huquq-tartibot idoralari xodimlari respublikaning g‘arbiy va shimoli-g‘arbidagi o‘rmon yong‘inlariga aloqadorlikda gumon qilib, yetti kishini qo‘lga olgan. Xususan, Izmir viloyati va Qarsiyaka chekkasida to‘rt nafar gumondor hibsga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing