Turkiya Transport vaziri tezlikni oshirib, jarimaga tortildi (video)

Olam

image
Tezlikni belgilanganidan 60 km/soatga oshirganlar katta miqdorda jarimaga tortiladi north_east

Tezlikni belgilanganidan 60 km/soatga oshirganlar katta miqdorda jarimaga tortiladi

Turkiya Transport vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘li Anqara–Nigde avtomobil yo‘lida soatiga 224 kilometr tezlikda harakatlanib, uni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joyladi va bu qoidabuzarlik uchun jarima ham to‘ladi. Bu haqda “Haberlar” xabar berdi.

U dastlab tezlik bilan harakatlangani aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlar sahifalariga joylagan va uning ostiga “Charchaganimizda janob Prezidentimizdan ilhom olib, yetarlicha ishlamadik deb yo‘limizni davom ettiramiz”, deya izoh yozgan. 

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda Uralo‘g‘lining mashinada xalq qo‘shig‘i ostida harakatlanayotgani va tezligi 224 kilometr soatga chiqqani katta e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Chunki Turkiya avtomagistrallarida ruxsat etilgan eng yuqori tezlik 140 kilometr soatni tashkil etadi.

Foydalanuvchilar vazirga tezlik qoidalarini buzgani uchun keskin tanbeh bergan. 

Shundan so‘ng, Uralo‘g‘li yana bir post qo‘yib, unda rasmiy jarima to‘lagani haqida yozgan. 

“Anqara–Nigde yo‘lining so‘nggi holatini ko‘rish uchun o‘zim rulga o‘tirdim. Shu payt farqiga bormasdan tezlikni qisqa muddatga oshirib yubordim. Videoni ulashib, o‘zimni o‘zim fosh qildim. Tezlik qoidalariga amal qilish hammamiz uchun majburiy. Yo‘l xizmatimiz tomonidan zaruriy jarima chorasi qo‘llandi. Endi bundan keyin yanada ehtiyotkor bo‘lishimni jamoatchilikka ma’lum qilaman”, deya izoh yozgan vazir.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Abdulqodir Uralo'g'li Anqara–Nigde

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing