Turkiya Trampning saylovdagi g‘alabasidan nima kutmoqda?
Olam
−
07 noyabr
4676AQSHdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonganidan so‘ng, Turkiya AQSHning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli respublikaning moliyaviy institutlariga ko‘rsatayotgan bosimini kelgusi davrda kamaytirishini kutmoqda. Bu haqda bugun, 7 noyabr kuni Turkiya Savdo vaziri O‘mer Bolat ma’lum qildi.
“Bizning kompaniyalarimizga Rossiyaga qarshi sanksiyalar sharoitida moliyaviy sohada katta bosim o‘tkazilmoqda. Xususan, banklarimizga juda katta bosim bo‘lmoqda. Kelgusida buning kamayishi yoki umuman to‘xtatilishini kutyapapmiz. Agar Ukrainada tinchlik o‘rnatilsa, bu sohada, jumladan, Ukrainada va Rossiyada pudrat xizmatlari va investitsiyalar sezilarli o‘sishiga sabab bo‘ladi”, dedi vazir.
Bolat, shuningdek, respublikachilar partiyasi Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritganini va bu ularga Kongress orqali moliyaviy tashabbuslarni amalga oshirish imkonini berishini ta’kidlagan. Xususan, u Turkiya AQSH bilan savdo aloqalarini ehtiyotkor optimizm bilan baholayotganini bildirgan. Shuningdek, Bolat mamlakat mudofaa sanoatidagi ba’zi ehtiyojlar, xususan, embargo bekor qilinishi va Turkiyaga nisbatan yanada muvozanatli, adolatli va teng huquqli yondashuvni qo‘llash orqali qondirilishini kutayotganini ma’lum qilgan.
“Bundan tashqari, bojxona to‘lovlarining, xususan, po‘lat va to‘qimachilik mahsulotlarimizga nisbatan pasayishini kutyapmiz”, dedi vazir.
Ma’lumot uchun, 2018 yilgi prezidentlik davrida Donald Tramp Turkiya bilan munosabatlardagi qator siyosiy kelishmovchiliklar fonida po‘lat uchun 50 foizgacha va alyuminiyga 20 foiz bojxona to‘lovlarini oshirishni tasdiqlagan. Shuningdek, AQSH Turkiyaga to‘lov qilingan bo‘lsada, F-35 qiruvchi samolyotlarini topshirmagan va Anqaraning Rossiyadan S-400 zenit-raketa tizimini sotib olishi bilan bog‘liq muammo sabab uni ushbu loyihadan chiqarib tashlagan.
LiveBarchasi