Turkiya “Tolibon”ni muzokara o‘tkazish uchun chaqirdi
Olam
−
14 Oktabr 2021 5872 1 daqiqa
“Tolibon” harakati tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat tarkibidagi Tashqi ishlar vaziri Amirxon Mottaki boshchiligidagi Afg‘onistonning yuqori martabali delegatsiyasi bugun, 14 oktyabr kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Bu haqda Afg‘onistonning “Bakhtar” agentligi xabar bergan.
Ta’kidlanishicha, tashrif Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘luning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Bu Afg‘onistonda toliblar hokimiyat tepasiga kelgan va mamlakat uchun yangi hukumat tuzilganidan buyon birinchi marta shunday tashrif.
Qayd etilishicha, dastur ikki tomonlama munosabatlar, gumanitar yordam, savdo masalalari bo‘yicha muzokaralarni o‘z ichiga oladi.
Avvalroq, AQSH rasmiylari bilan “Tolibon” harakati o‘rtasida o‘tgan hafta Qatarda o‘tkazilgan muzokaralar “asosan ijobiy” bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Shuningdek, joriy yilning 12 oktyabr kuni “Tolibon” harakati vakillari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilgandi.
Live
Barchasi