Turkiya TIV rahbari rossiyalik hamkasbi bilan Ozarbayjon masalasini muhokama qilmoqchi
Olam
−
28 dekabr 2020
2888Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bugun, 28 dekabr kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan Ozarbayjon chegaralari xavfsizligini muhokama qilish niyati borligini ma’lum qildi.
“Biz Rossiya bilan ko‘p masalalarda hamkorlik qilamiz, hatto ba’zi masalalar bo‘yicha qarashlarimiz turlicha bo‘lsa ham. Suriyada bizning qarashlarimiz turlicha, ammo Ostona jarayoni tufayli boshlangan hamkorligimiz davom etmoqda. Liviyada ham biz har xil tarafdamiz, lekin o‘rtoqlashdik. Bu – doimiy sulh tuzish uchun Rossiya bilan qilingan yuqori darajadagi ish. Shuningdek, biz Ozarbayjon va Armaniston mavzusini muhokama qilmotsqchimiz, Ozarbayjon chegaralarining xavfsizligi xalqaro huquq doirasida ta’minlanishi zarur, bu masalada biz zarur bo‘lgan qadamlarni ko‘rib chiqamiz”, deydi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Anqaradagi matbuot anjumanida.
Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligida xabar qilinganidek, Chavusho‘g‘li 29 dekabr kuni Sochiga tashrif buyuradi. U yuqori darajadagi Rossiya-Turkiya Hamkorlik Kengashi doirasida faoliyat olib boradigan Qo‘shma strategik rejalashtirish guruhining sakkizinchi yig‘ilishida qatnashadi.
LiveBarchasi