Turkiya terma jamoasi g‘alabani nishonlash uchun 300 ta kabob buyurtma qildi

Sport

image

Turkiya terma jamoasi xodimlari Yevro-2024 chorak finaliga chiqqani sharafiga milliy terma jamoa futbolchilari hamda xodimlari uchun 300 dona kabob buyurtma qildi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kabob yeyishga taklif qilingan guruh xodimlari 150 kishidan iborat bo‘lib, xavfsizlik xodimlari, politsiya va mehmonxona xodimlaridan iborat. 

Qayd etilishicha, futbolchilardan biri birdaniga uchta kabob yegan, biroq uning ismi oshkor etilmagan.

2024 yilgi Yevropa chempionati 1/4 final bosqichida Turkiya terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. O‘yin 6 iyul kuni Berlindagi Olimpiya stadionida bo‘lib o‘tadi.

Yevro-2024 1/8 finalida Turkiya terma jamoasi Avstriyani 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) turkiyalik himoyachi Merih Demiralni Yevropa chempionatining ikkita o‘yiniga diskvalifikatsiya qilgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Niderlandiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made