Turkiya Tashqi ishlar vaziri Toshkentdagi konferensiya oldidan Farg‘onada bo‘ladi

Jamiyat

image

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ertaga, 14 iyul kuni Farg‘onaga keladi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdid va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelayotgan Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘z safarini Farg‘onadan boshlaydi. 

“Chavusho‘g‘li 14 iyul kuni Istanbuldan Farg‘onaga uchib keladi. Kun davomida Turkiya Tashqi ishlar vaziri Marg‘ilondagi Hunarmandlar markazi, Qo‘shtepa tumanidagi qovunchilik dalalari, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi hamda Jome majmuasi bilan tanishadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha,  Mavlud Chavusho‘g‘li o‘sha kuni kechqurun Farg‘onaga tashrifini yakunlab, xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Toshkentga uchib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan joriy yilning 15-16 iyul kunlari mamlakat poytaxti Toshkentda bo‘lib o‘tadigan konferensiyada kamida 600 dan ortiq mehmon ishtirok etadi. 

Ushbu konferensiyada Afg‘oniston va Pokiston Prezidentlari, shuningdek, Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Jozef Borrel, 20 dan ziyod mamlakat tashqi ishlar vazirlari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari qatnashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya tashrif Mavlud Chavusho'g'li

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing