Turkiya Suriyaga qo‘shin kiritmoqda. Damashq Anqaraga talab qo‘ydi

Olam

image

Turkiya Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga o‘z qo‘shinlarini joylashtirmoqda. Shu tariqa Anqara Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Rossiya va Eron rahbarlari bilan “yakuniy” uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar bergan

Nashrning yozishicha, Turkiya Rossiya va Eronning qo‘llab-quvvatlashi bilan Idlibning “nazorat zonasida” Suriya diktatori Bashar Asad qo‘shinlarining hujumini to‘xtatishga tayyorligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Anqara qochqinlarning katta qismi Turkiya chegarasidan o‘tib ketishidan qo‘rqmoqda.

Qayd etilishicha, Bashar Asadning keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgani alomatlari yo‘q. Biroq, mintaqadagi Suriya qo‘shinlarining, shuningdek Rossiya harbiy aviatsiyasining faollashuvi sezilmoqda. Bundan tashqari, Turkiya rasmiylari 29 sentyabrdagi muzokaralar arafasida Moskva ziddiyatni kuchaytirishi mumkinligini gumon qilmoqda. 

Endi esa Suriya hukumati Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini respublikaning shimoliy provinsiyalari hududidan zudlik bilan olib chiqishni talab qilmoqda.

Suriya Tashqi ishlar vaziri Faysal Miqdad so‘nggi paytlarda Idlib viloyatida keskinlik kuchayganiga izoh berdi.

“Menimcha, Turkiya zudlik bilan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi kerak. Xalqaro hamjamiyat, Suriyaga  mamlakat shimolini bosqinchilardan ozod qilishida yordam berishi kerak”, deydi Miqdad.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geyr Pedersen avgust oyida mamlakatda xavfsizlik holati yomonlashganini va mamlakatning ayrim hududlarida qurolli to‘qnashuvlari avj olganini qayd etdi. Shuningdek, u Idlib viloyatidagi vaziyatga alohida e’tibor qaratib, Arab Respublikasining bu hududida bunday kuchli to‘qnashuvlar 2020 yilning bahoridan beri kuzatilmaganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing