Turkiya Suriyadagi majburiyatini bajarmayapti – Damashq

Olam

image

Turkiya Ostona formatining kafil davlati sifatida o‘z majburiyatlarini hurmat qilmaydi. Anqaraning Suriya shimolidagi harakatlari qabul qilinishi mumkin emas. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni Suriya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ayman Susan Suriya bo‘yicha Ostona formatidagi 19-xalqaro uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

“Ostona formatining muammosi shundaki, turk tomoni o‘z majburiyatlarini hurmat qilmayapti. Bu Ostonaning barcha ishtirokchilari, jumladan, kafil davlatlar ham gapirayotgan muammo. Ular Turkiya tomoniga bu harakatlarning barchasi qabul qilib bo‘lmaydigan va nafaqat Suriya, balki butun mintaqadagi vaziyatning keskinlashuviga olib kelishini tushuntirishga harakat qilmoqda”, deydi u Turkiyaning Suriya shimolidagi havo operatsiyasini sharhlar ekan. 

Susanning so‘zlariga ko‘ra, Damashq o‘z hududini xalqaro qonunlarga muvofiq himoya qilish uchun “qo‘lidan kelganini qiladi”.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, 23 noyabr kuni respublika Qurolli kuchlari Suriya va Iroqdagi “Panjali qilich” amaliyotida uch kun ichida 250 dan ortiq terrorchi zararsizlantirganini ma’lum qildi.

Turkiya harbiy-havo kuchlarining “Panjali qilich” operatsiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirildi. Yerdan havo yordami artilleriya tomonidan ta’minlandi. Zarbalar Kirdiston ishchilar partiyasi (KIP) va uning Suriyadagi bo‘linmasi Turkiyada taqiqlangan “Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari”ning bazalariga berilgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Qandil, Asos, Xakurk hududlari bilan bir qatorda Suriya shimolidagi Arap-Pinari, Tell Rifat, Jizre va Derik hududlarida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ma’lum qildi. 

Turkiya matbuoti xabariga ko‘ra, Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari 21 noyabr kuni Turkiya chegara shaharlari Damashq tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng Suriya hududlariga zarba berishni davom ettirgan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Suriyada keskinlikni pasaytirish zarurligini ta’kidlab, Turkiyaning "Panjali qilich" operatsiyasi fonida Iroqda muvofiqlashtirilmagan harbiy harakatlarga qarshi chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing