Turkiya SHHTga qo‘shiladimi?

Olam

image

Turkiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish imkoniyati haqida izoh bermayapti, chunki tegishli taklifnoma olmagan. Bu haqda bugun, 14 sentyabr kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li bayonot berdi. 

“Biz Shanxay hamkorlik tashkilotida muloqot bo‘yicha hamkor maqomiga egamiz. Biz ushbu maqom ostida maxsus mehmon sifatida taklif etildik. Natijada biz ushbu mintaqa bilan aloqalarimizni rivojlantirmoqdamiz. A’zolik to‘g‘risida qaror qabul qilinmagan. Hech qanday taklif yo‘q, shuning uchun men taxminlarga izoh berishni xohlamayman”, deydi Turkiya tashqi idorasi rahbari.

Shanxay hamkorlik tashkiloti mintaqaviy xalqaro assotsiatsiya bo‘lib, unga Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. 2004 yildan beri SHHT BMT Bosh Assambleyasida kuzatuvchi maqomida.

Eslatib o‘tamiz, Shayxay hamkorlik tashkilotining 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda o‘tadigan sammitida Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston davlat hamda hukumat rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin allaqachon Samarqandga yetib keldi. 

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan esa ozar-arman chegarasidagi qurolli to‘qnashuv sabab sammitda ishtirok etmasligini bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya ShHT

Baholaganlar

414

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing