Turkiya sayyohlar uchun qachon ochilishi ma’lum qilindi
Olam
−
24 may 2020
13521Bu yil Turkiyada sayyohlik mavsumining cho‘qqisi pandemiya tufayli kuz oylariga ko‘chirilib, dekabr oyiga qadar uzaytirilishi mumkin. Bu haqda mamlakat turoperatorlari uyushmasi (TURSAB) rahbari Firuz Baglikaya ma’lum qilgan.
"Biz Turkiyaga bu yil sentyabr-oktyabr oylarida maksimal sayyohlik oqimini kutmoqdamiz. Noyabr oyida ham xuddi shunday zich jadval bo‘lishi mumkin. Yozni uzaytirish istagida bo‘lgan sayyohlar uchun dengiz kurorti qo‘shimcha imkoniyat bo‘lishi kutilmoqda. Mavsum dekabrgacha davom etadi”, dedi Baglikaya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil turizm sohasi uchun asosiy omil dengiz va ko‘ngil ochish maskanlari emas, balki mezbon mamlakat hukumati sayyohlarni ta’minlashi mumkin bo‘lgan xavfsizlik darajasidir.
"Shu sababli, sayyohlar Turkiyaning ilgari ko‘rmagan madaniy va tarixiy obidalarini ko‘rishni xohlashlari mumkin. Bunday joylarni ziyorat qilganlarida, u yerlar dengizdan yomon emasligini his etishadi. Turkiyani yanada yaxshiroq bilib olishadi”, dedi u.
Turkiya Madaniyat va Turizm vazirligi turizm muassasalari xodimlari va mamlakat mehmonlarining transporti, joylashishi, sog‘lig‘i holati bo‘yicha keng qamrovli tadbirlarni o‘z ichiga olgan sog‘lom turizmni sertifikatlash dasturini ishga tushirishini e’lon qilgan edi. Sertifikatlashtirish dasturi to‘rt qismdan iborat: "Yo‘lovchilar salomatligi va xavfsizligi", "Ishchilarning salomatligi va xavfsizligi", "Ob’ektlarda xavfsizlik choralari" va "Transport sohasidagi xavfsizlik choralari".
LiveBarchasi