Turkiya Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatishdan bosh tortdi

Olam

image

Turkiya Rossiya neftini sotib olishni to‘xtatmaydi. Bu haqda Turkiya Energetika vaziri Alparslon Bayraktar CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

U AQSHning Rossiya neftini sotib olmaslik haqidagi talabi fonida bu boradagi qarorlarni odatda Rossiya neftini xarid qiladigan Turkiyaning xususiy kompaniyalari qabul qilishini bildirdi.

“Hozirgacha bu masalada qarorlarni xususiy sektorning o‘zi qabul qilib kelgan. Chunki bu tijoriy qarorlardir. Ya’ni biz hech qachon hech kimga: “Mana bu yerdan sotib ol, u yerdan olma”, deb aytmaganmiz. Hozirgacha bunday qilmaganmiz. Ular ham o‘z yetkazib beruvchilarini va faoliyat yo‘nalishlarini o‘z tijoriy manfaatlaridan kelib chiqib tanlab kelishgan. Aslida bu xususiy kompaniyalar, distribyutorlar va neftni qayta ishlash zavodlarining qaroridir”, deydi Turkiya Energetika vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari yaqin manbalardan olinadigan neft xomashyosini qayta ishlash uchun qurilgan, shu sababli Rossiyadan import texnik va moliyaviy jihatdan zarur. Alparslon Bayroqdor, shuningdek, qish oylari yaqinlashayotgani sababli Turkiya gaz yetkazib berishni “hech qanday kamchiliksiz” turli manbalardan ta’minlashi kerakligini aytgan.

“Biz Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Turkmanistondan – imkon bor joyning barchasidan gaz sotib olishimiz kerak”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvda undan Rossiya neftini sotib olishni cheklashni so‘ragani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya Alparslon Bayraktar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing