Turkiya rekord o‘rnatdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning 2021 yildagi eksporti 225,36 milliard dollarni tashkil etdi. Bu respublika uchun mutlaq rekorddir. Bu haqda kecha, 3 yanvar kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi. 

“O‘tgan yilga nisbatan 2021 yilda eksport hajmi 32,9 foizga oshib, 225,36 milliard dollarni tashkil etdi. Bu rekord ko‘rsatkich”, deydi Prezident.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 18 yil davomida, to‘g‘rirog‘i Erdo‘g‘an boshchiligidagi “Adolat va taraqqiyot” partiyasi tuzilganidan buyon “Turkiyaning tashqi savdosi 2002 yildagi 87,6 milliard dollardan 2021 yilda 496,7 milliard dollarga o‘sdi”.  

Turkiyaning tashqi savdo taqchilligi o‘tgan yilga nisbatan 7,8 foizga kamaygan – 45,9 milliard dollar, eksportning importga nisbati esa 83,1 foizga ko‘tarilgan. 

Shuningdek, Janubiy Amerikaga eksporti 86,6 foizga, Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi Yevropa mamlakatlariga – 29 foizga, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga – 22,6 foizga, Shimoliy Afrikaga – 44,8 foizga o‘sgan. 

Erdo‘g‘anning urg‘ulashicha, Turkiya birinchi marta inqirozlarni boshqaradigan, hatto, ularni imkoniyatga aylantiradigan, ularning ta’sirida egilmaydigan davlatga aylangan. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

1070

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing