Turkiya razvedkasi Suriya shimolida ayol terrorchini qo‘lga oldi
Olam
−
17 may 2023
5308Turkiya maxsus xizmatlari PKK (Kurdiston ishchilar partiyasi) va YPG (Xalq o‘zini o‘zi himoya qilish bo‘linmalari) terrorchilarining Suriya qanoti jangarilarini Ayn al-Arab (Kobani) hududida “moliyalashtirish” uchun mas’ul bo‘lgan terrorchi Tuba Karako‘chni zararsizlantirdi. Bu haqda mamlakatning bosh axborot agentligi “Anadolu” xabar berdi.
Anqara xavfsizlik xizmatlaridagi manbalarga ko‘ra, terrorchi 2013 yildan buyon Zin Kobani/Jubi Egid/Sorxvin chaqiruv belgisi ostida Turkiya, Iroq va Suriyada terrorchilik faoliyatida ishtirok etgan.
Qorako‘ch terrorchilar ehtiyojlari uchun mablag‘ yetkazib berish uchun Suriyadan Iroqqa tez-tez safar qilgan.
Ma’lum qilinishcha, turk razvedkasi Qorako‘chning manzilini aniqlashga va aniq zarba bilan terrorchini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi. Terrorchini zararsizlantirish operatsiyasi Kobanidagi Sirrin (Ayn Iso) hududida o‘tkazilgan.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an PKK jangarilari Turkiyada ilk bor qonli jinoyat sodir etgan 1984 yildan buyon va 2020 yilning martigacha Turkiya xavfsizlik kuchlarining 7500 nafar xodimi va 6800 nafar tinch aholi vakillari bu qonli tashkilot qo‘lida halok bo‘lganini bildirgan.
AQSH va Yevropa Ittifoqi PKK’ni terror tashkiloti ro‘yxatiga kiritgan.
Anqaraning vaziyatni hal qilish yo‘llarini topishga urinishlariga qaramay, PKK terror tashkiloti 2015 yil iyul oyidan beri qurolli hujumlarni qayta boshlagan.