Turkiya Putinning qarorini qoraladi

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Ukraina sharqida rossiyaparast separatistlar nazorati ostidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan tuzilmalarning “mustaqilligini” tan olish haqidagi qarorini qoraladi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Moskvaning harakatlarini “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atadi.

“Rossiya Federatsiyasining Donetsk va Lugansk deb ataluvchi respublikalarni tan olish haqidagi qarori Minsk kelishuvlariga ziddir, shuningdek, Ukrainaning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligini ochiqdan-ochiq buzish hisoblanadi”, deyiladi Turkiya TIV bayonotida.

Turkiya tashqi siyosat idorasi Rossiyaning qarorini qabul qilib bo‘lmas, deb atagan va uni qoralagan.

“Turkiya Ukrainaning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligini saqlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi va barcha manfaatdor tomonlarni sog‘lom fikr bilan harakat qilishga va xalqaro qonunlarga rioya qilishga chaqiradi”, deya qo‘shimcha qilgan vazirlik.

Avval xabar berganimizdek, kecha, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qariyb bir soat davom etgan murojaatidan so‘ng Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Dunyo davlatlari Putinning qarorini qoralab chiqdi va G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilish arafasida. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini tutib turadigan davlat kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

469

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing