Turkiya prezidentlik saylovining 2-turi xorijda qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-turi xorijdagi saylov uchastkalarida 20 maydan boshlanadi. Bu haqda Turkiya Markaziy saylov komissiyasiga tayanib, T24 portali xabar berdi.

Aytilishicha, birinchi bosqichining yakuniy natijalari 19 may kuni hukumat gazetasida e’lon qilinadi, shundan so‘ng ikkinchi turda ovoz berish boshlanadi. U 20 maydan 24 maygacha davom etadi.

Xuddi shu kuni saylovning birinchi bosqichida ko‘pchilik ovoz olgan amaldagi Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an va muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li televideniye va radio orqali saylovoldi tashviqotini boshlashlari mumkin bo‘ladi. 27 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 dan Turkiyada saylovoldi tashviqoti va cheklovlari, xususan, ichimlik shoxobchalari faoliyati va spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlash 28 may kuni soat 24:00 gacha kuchga kiradi. 

Ikkinchi bosqichning dastlabki rasmiy natijalari 29 may kuni, yakuniy natija esa 1 iyun kuni hukumat byulletenida e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublika prezidentligiga uch nomzodning birortasi ham 50 foizdan ko‘proq ovoz ololmagandi. Birinchi turda Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 49,51 foiz, muxolifat yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li 44,88 foiz, “Ajdodlar” siyosiy bloki vakili Sinan Og‘an esa 5,17 foiz ovoz oldi. AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn qirolligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Estoniya, Italiya, Yaponiya, Ummon sultonligi, Ispaniya, Singapur, Irlandiya, Isroil, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Shveysariyada yashayotgan turkiyaliklarning ko‘p qismi  Qilichdoro‘g‘lini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjonda Erdo‘g‘anning qo‘li baland keldi. Biroq umumiy hisobda hech bir nomzod 50 foizdan ko‘p ovoz to‘plolmagach, Turkiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ahmad Yener mamlakatda prezidentlik saylovining 2-turi 28 may kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya saylov Erdo'g'an Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing