Prezident: 156 nafar o‘zbek Suriyaga nega ketgan? Ahvolimiz harob, sharoit bo‘lmagani uchun ketgan

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, ayni paytda Nurafshon shahrida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, respublika idoralari mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Toshkent viloyati faollari bilan yig‘ilishda davlat rahbari “Mehr” operatsiyasiga ham to‘xtalib o‘tdi. 

“Mana, 156 nafar yurtdoshimizni Yaqin Sharqda urush bo‘layotgan joydan olib keldik. Xo‘sh, ular nima uchun ketgan? Ahvolimiz harob bo‘lgani uchun, sharoit bo‘lmagani uchun ketgan. Lekin u yerda nima bo‘ldi? Xotin-qizlarimizni sotishdi, beshta bola beshta otadan, 14 yoshli qiz tuqqan. Shu holat bizga yarashadimi?

Ularni Vatanga olib kelish juda qiyin bo‘ldi. Qancha davlatlar bilan gaplashdik. Samolyotni u yoqqa qo‘ndirish, terroristlarni qo‘lidan olib chiqish oson emas. Lekin qaytardik - nima bo‘lgandayam ular bizning vatandoshimiz.  Endi nima qilish kerak? Nuroniylar, jamoatchilik qayoqqa qarayapti? Kim buni tushuntiradi? Bunday narsalar hammamizni o‘ylantirishi, qiynashi kerak”, dedi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing