Turkiya parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi (video)
Olam
−
09:21 3819 1 daqiqa
Kecha, 21 dekabr kuni Turkiya Bosh assambleyasida 2026 yil byudjeti va 2024 yil yakuniy hisob to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha ovoz berish jarayonida deputatlar o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.
Janjal Respublika Xalq partiyasi fraksiyasi raisi o‘rinbosari Murat Emirning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Mustafo Varankka tashlanishi bilan boshlangan. Mojaro qisqa vaqt ichida ommaviy mushtlashuvga aylanib, unda har ikki partiyaga mansub boshqa deputatlar ham ishtirok etgan.
Hamkasblarning aralashuvi bilan janjal to‘xtatilgan. Hodisaga qaramay, 2026 yil Markaziy hukumat byudjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi hamda 2024 yil yakuniy hisobot to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. Ovoz berishda 320 nafar deputat “yoqlab”, 249 nafari “qarshi” ovoz bergan.
Bu Turkiya parlamentida sodir bo‘lgan ilk mushtlashuv emas. Xususan, 2022 yilda ham byudjet muhokamalari vaqtida deputatlar o‘rtasida janjal va mushtlashuv yuz bergan. O‘shanda mushtlashuv taxminan 10 daqiqa davom etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston Milliy majlisining navbatdan tashqari yig‘ilishida hukmron va muxolifat partiya a’zolari o‘rtasidagi og‘zaki bahs mushtlashuvga aylangandi.
Live
Barchasi