Turkiya parlamenti kelasi haftayoq Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini tasdiqlashi mumkin

Olam

image

Turkiya Buyuk Millat Majlisi Shvetsiyaning NATOga a’zolik arizasini kelasi hafta oxirigacha ratifikatsiya qilishi mumkin. Bu haqda “CNN Türk” telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shvetsiyaning arizasi avvalo Turkiya parlamentining Tashqi ishlar qo‘mitasi tomonidan qabul qilinishi kerak. Keyin esa u parlament Bosh Assambleyasiga o‘tkaziladi. Shundan so‘ng Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolanadi va jarayon yakuniga yetadi. 

Kecha, 10 iyul kuni Turkiya yetakchisi Stokgolmning NATOga kirish istiqobolini Anqaraning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash bilan bog‘lagan va bu holat Yevropa yetakchilari tomonidan shantaj, deya baholangandi.

Keyinroq NATO rahbari Yens Stoltenberg Erdo‘g‘an bilan Shvetsiyani alyansga qabul qilish to‘g‘risidagi bayonotni ratifikatsiya qilish uchun parlamentga imkon qadar tezroq taqdim etish yuzasidan kelishib olganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, rasmiy Anqara uzoq vatqdan buyon Shvetsiyada Turkiyada taqiqlangan kurd terrorchi tashkilotlari panoh topgani da’vosi bilan, shuningdek, ushbu mamlakatda Qur’on va Turkiya bayrog‘ining yoqilishi, Erdo‘g‘anga qarshi radikal aksiyalar sabab uning NATOga a’zo bo‘lishiga qarshi bo‘lib keladi. Shu sababli Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish uchun bir vaqtda ariza topshirgan Finlyandiya joriy yilning aprel oyidayoq unga a’zo bo‘lgani holda, Shvetsiyaning istagi haligacha qanoatlantirilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing