Turkiya pandemiyaning eng og‘ir bosqichini boshdan kechirayotgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
13 aprel 2021
4036Turkiya hozirda koronavirus pandemiyasining eng og‘ir bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu haqda Respublika Sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja ma’lum qilgan.
“Biz pandemiyaning eng qiyin davrini boshdan kechirmoqdamiz. Turkiya aholisining kamida 80 foizi koronavirus kasalligi xavfi yuqori bo‘lgan shaharlarda yashaydi”, degan Koja.
Shuningdek, u yangi holatlarning 85 foizi koronavirusning "britancha" shtammi ekanligini ma’lum qilgan.
So‘nggi paytlarda Turkiyada koronavirus infeksiyasining kunlik holati ko‘paymoqda. 11 aprelda 50 ming, 10 aprelda 52 ming, 9 aprelda 55 mingta kasallik holati tasdiqlangan.
Mamlakatda jami 3,8 million kishi koronavirus yuqtirgan, deyarli 34 ming bemor vafot etgan.
LiveBarchasi