Turkiya odatiy hayotga qaytish rejasini oshkor etdi
Olam
−
01 may 2020
8238Turkiyada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantinni bekor qilish jadvali tuzildi. Unga ko‘ra, turizmni jonlantirish may oyining oxiriga rejalashtirilgan. Bu haqda ATOR xabar bermoqda.
4 maydan boshlab, ma’lum qoidalarga rioya qilgan holda, bozorlar, sartaroshxonalar va savdo markazlari ishlay boshlaydi.
27 mayda 31 avgustgacha davom etadigan ikkinchi bosqichda shaharlararo va xalqaro qatnovlarda cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash, mehmonxonalarni ochish rejalashtirilgan. Faqat “sog‘liqni saqlash to‘g‘risidagi guvohnoma”ga ega bo‘lgan mehmonxonalar ochilishi mumkin.
Ularda “shved stoli” kabi dasturxon yozilmaydi, ijtimoiy masofa qoidalari majburiy bo‘lib qoladi va xodimlar yangi epidemiologik holatga tayyor turishadi.
Uchinchi bosqich 1 sentyabrda boshlanadi va yil oxirigacha davom etadi. Bu davrda maktablar ochiladi va iqtisodiyotning barcha sohalari, jumladan, turizm ham hech qanday cheklovlarsiz ishlaydi.
To‘rtinchi bosqich 2021 yil 1 yanvarda boshlanadi va ushbu bosqichda Turkiya hukumati koronavirusga qarshi vaksinaning paydo bo‘lishini kutmoqda. Agar bu vaqt ichida virus yo‘qolsa yoki vaksina oldinroq paydo bo‘lsa, unda to‘rtinchi bosqichga ehtiyoj qolmaydi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 120 204 nafar kishi koronavirusga chalindi. 48 866 bemor shifo topgan bo‘lsa, 3174 kishi vafot etdi.
LiveBarchasi