Turkiya muxlislari Yevro-2024'dagi g‘alabani avtoparad bilan nishonladi (video)

Sport

image

Turkiya milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichining 1-tur uchrashuvida Gruziya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabasi munosabati bilan jamoa muxlislari mamlakat bayrog‘i aks etgan avtomobillarda parad uyushtirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Uchrashuv turklarning  3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Turkiya muxlislari Germaniyada istiqomat qiluvchi turk diasporasining ko‘pligi sababli o‘yin kuni shaharda va stadionda sezilarli darajada ko‘p bo‘ldi. Markaziy ko‘chalar bo‘ylab Turkiya bayrog‘i tushirilgan 100 ga yaqin avtomobil egalari tinimsiz signal chalib, Dortmundda bayram qildi.

Hozirda Turkiya terma jamoasi Yevro-2024'ning “F” guruhida 3 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jamoa 2-tur uchrashuvida 22 iyun kuni Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Portugaliya Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing