Turkiya, Misr va Isroil G‘azodan bemorlarni olib chiqishga kelishib oldi

Olam

image

Turkiya, Misr va Isroil G‘azo sektoridan qurbonlarni olib chiqish uchun muvofiqlashtiruvchi guruh tuzdi. Bu haqda Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Xo‘ja X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Shuningdek, u bu borada misrlik mavqedoshi bilan muzokaralar olib borganini ta’kidlagan.

Vazir saraton kasalligiga chalingan bemorlarni, birinchi navbatda bolalarni G‘azo sektoridagi Turk-Falastin do‘stlik shifoxonasidan Misrdagi tibbiyot muassasalariga olib borish bo‘yicha kelishuvga erishilganini qayd etgan.

"Turkiyalik tibbiyot xodimlari misrlik hamkasblari bilan birgalikda G‘azo sektoridan kelgan bemorlarni davolaydi. Ikkinchi bosqichda ahvoli bunga imkon beradigan bemorlarni tez yordam mashinasida Turkiyaga olib borish rejalashtirilgan", deydi vazir.

Uning aniqlik kiritishicha, Rafah chegara postidan o‘tgan bemorlar birinchi navbatda Misrning Shayx Zuvayd va El-Arish shifoxonalariga ko‘chiriladi. So‘ngra Turkiya va Misr Sog‘liqni saqlash vazirlari saraton kasalligiga chalingan bolalarni borib ko‘radi.

“G‘azodagi bemorlarni Rafah chegara darvozasidan o‘tkazish uchun olib borilgan diplomatik faoliyatda Isroil Sog‘liqni saqlash vaziri bilan aloqa o‘rnatildi va uch davlatdan (Turkiya, Misr, Isroil) aloqador shaxslarni o‘z ichiga olgan Sog‘liqni saqlashni muvofiqlashtirish guruhi tuzildi”, deydi Fahriddin Xo‘ja.

Eslatib o‘tamiz, Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi saraton kasalligiga chalinganlar davolanadigan Turkiya-Falastin do‘stlik shifoxonasiga hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Misr Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing