Turkiya MBning yangi rahbari qat’iy moliyaviy siyosat olib borishga va’da berdi

Olam

image

Turkiya Markaziy bankining yangi rahbari Fotih Qoraxon o‘zidan avvalgi Hafize Gaye Erkan tomonidan olib borilayotgan qat’iy regulyator pul-kredit siyosatini saqlab qolishga ishontirdi. Bu haqda “Dünya” gazetasi xabar berdi.

“Bankimizning asosiy maqsadi va ustuvor yo‘nalishi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Bu yo‘nalishda biz kuchli va qat’iyatli jamoamiz yordamida inflyatsiyani pasaytirish borasidagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirmoqdamiz. Biz inflyatsiya maqsadimizga mos keladigan darajaga tushmaguncha pul-kredit siyosatining zaruriy qat’iyligini saqlab qolish niyatidamiz”, deydi Qoraxon.

Nashrning qayd etishicha, mahalliy va xorijiy iqtisodchilar yaqin kelajakda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’muriyatining o‘tgan yilning iyun oyidan beri olib borayotgan iqtisodiy siyosati qayta ko‘rib chiqilishini kutmaydi.

Ma’lumot uchun, Turkiya Markaziy bankining avvalgi rahbari davrida inflyatsiyani jilovlash va mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish maqsadida diskont bank stavkasi 2023 yil iyunidagi 8,5 foizdan joriy yilning yanvar oyida 45 foizga oshirilgan edi. 2023 yil sentyabrida Turkiya hukumati uch yil davomida inflyatsiyani 65 foizdan 8,5 foizgacha pasaytirishni nazarda tutuvchi o‘rta muddatli iqtisodiy dasturni taqdim etdi. 

Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni Turkiya Markaziy bankining sobiq rahbari Hafize Gaye Erkan iste’foga chiqqandi. 3 fevral kuni uning o‘rniga Markaziy bank rahbari o‘rinbosari Qoraxan tayinlandi. U AQSHning Pensilvaniya universitetida iqtisod bo‘yicha magistr va doktorlik darajasini olgan va Nyu-York Federal zaxira bankida ishlagan. Qoraxon 2023 yilning iyul oyida Erkanning taklifiga binoan Turkiya Markaziy bankiga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Markaziy bank Rajab Toyib Erdo'g'an Hafize Gaye Erkan Fotih Qoraxon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing