Turkiya maxsus xizmatlari mamlakatga o‘ta xavfli terrorchini olib keldi
Olam
−
12 noyabr 2022
13324Turkiya Milliy razvedka tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan operatsiya davomida Fathulloh Gulen terrorchilik tashkiloti mansabdorlaridan biri Ug‘ur Demirok mamlakatga olib kelindi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Demirok sud qarori bilan hibsga olingan. Unga “qurolli terrorchi tashkilot tuzish va unga rahbarlik qilish” aybi qo‘yilgan.
Turkiya huquq-tartibot organlaridagi manbalarga ko‘ra, Demirok 2016 yil 15 iyuldagi muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng ko‘p o‘tmay xorijga qochib ketgan.
Demirok Turk Qurolli kuchlari saflarida jinoiy harakatlar bilan shug‘ullangan, shuningdek, Gulen tarafdorlari maxfiy yozishmalarni olib borgan ByLock dasturining foydalanuvchisi ham bo‘lgan.
LiveBarchasi