Turkiya Liviyada ikkita harbiy baza tashkil qilmoqchi
Jamiyat
−
13 iyun 2020
3162Turkiya Liviyada ikkita doimiy harbiy baza joylashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda turk nashri "Yeni Safak" xabar berdi.
Liviya milliy kelishuvi hukumati Turkiyani Al-Vatiya aviabazasi bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ikkinchi baza Turk dengiz flotining kemalari joylashadigan Misrat portida tashkil qilinishi mumkin.
Turkiya Liviyaning iqtisodiy zonasida offshor neft kompaniyalarining egasi bo‘lishi mumkin va burg‘ilash ishlarining xavfsizligini ta’minlash uchun turk harbiy kemalarining mavjudligi zarur. Bundan tashqari, Turkiya Gretsiya bilan munosabatlarning keskinlashishi sababli bu hududda o‘z harbiy-dengiz kuchlarining mavjudligini maqsadga muvofiq deb biladi.
2011 yilda Liviya rahbari Muammar Kaddafiyning ag‘darilishi va o‘ldirilishi ortidan Liviya deyarli yagona davlat vazifasini bajarishni to‘xtatdi. Endi mamlakatda ikki hokimiyat hukmronlik qilmoqda. Xalq saylagan parlament sharqda, g‘arbda esa poytaxt Tripolida BMT va Yevropa Ittifoqi ko‘magi bilan Fayoz Sarraj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati o‘rnatilgan. Xalifa Haftar boshchiligidagi armiyaga hozirda Turkiya kuchlari qarshilik bildirmoqda.
LiveBarchasi