Turkiya koronavirusga qarshi kurashda muvaffaqiyatsizlikka uchradimi?

Olam

image

Turkiya Respublikasi SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi kurashning boshida to‘g‘ri yo‘l tutmadi. Bu fikrni Turkiya sobiq tashqi ishlar vaziri Yashar Yakish bildirib o‘tdi.

Yakishning so‘zlariga ko‘ra, karantin va komendantlik soati joriy etilishi kabi hukumat choralari o‘z vaqtida ko‘rilmagan. Shuning uchun Ichki ishlar vazirligi rahbari hatto iste’foga chiqishga harakat qilgan.

“Epidemiyaning boshida darhol choralar ko‘rgan davlatlar uning tarqalishini muvaffaqiyatli nazorat qildilar. Masalan, Tayvan, Janubiy Koreya va Germaniya“, deydi Yashar Yakish.

Ta’kidlanishicha, Istanbul va Izmir viloyati hokimligi tomonidan muhtojlarga yordam berish uchun hisob raqam ochilgan. Keyinchalik ushbu hisob raqam sud tomonidan muzlatib qo‘yilgan. Yakish ushbu jarayonni keskin tanqid qilgan.

“Ular (sud) kambag‘al oilalarga yordam berish uchun buning aksini qilishlari kerak edi“, deydi Yakish.

Bundan tashqari, sobiq vazir, Turkiya koronavirus uchun o‘tkazilayotgan sinovlar sonini ko‘paytirishi kerakligni aytdi. Uning fikricha bu o‘lim sonini kamaytiradi.

“Ko‘plab test o‘tkazish mamlakatda o‘n minglab fuqarolarining o‘limiga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki bu vaqtga qarshi poyga“, deydi sobiq vazir.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq 101 790 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 18 491 nafari sog‘aygan, 2 491 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 80 808 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Turkiyada

Baholaganlar

438

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing