Turkiya koronavirus epidemiyasining qaysi bosqichida ekanligi aytildi

Olam

image

Turkiya Respublikasi hozir koronavirus epidemiyasining eng yuqori cho‘qqisini boshda kechirmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Faxreddin Koja ma’lum qildi.

"Hozirgi vaqtda Turkiya COVID-19 kasallanishining eng yuqori cho‘qqisini bosib o‘tmoqda. Kasallik yuqtirganlar soni kamaydi. Ammo bu tendensiya barqaror bo‘lishi kerak“, deydi Faxrettin Koja.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan odamlarning qariyb 60 foizi Istanbulda yashaydi. Rasmiylarning katta yutug‘i shundaki, ular 20 million aholisi bor megapolisda koronavirus tarqalishini oldini olishga muvaffaq bo‘lishgan. Shu bilan birga, mamlakatda koronavirus bemorlarining taxminan 6 foizi tibbiyot xodimlari hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Turkiya Yevropada o‘lim darajasini eng past ko‘rsatkichini qayd etayotgan mamlakat bo‘lib turibdi. Vazirlikning umid qilishicha, bundan buyon mamlakatda epidemiya holati yaxshilana boshlaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq 117 589 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 44 040 nafari sog‘aygan, 3 081 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 70 468 kishini tashkil qilmoqda.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Turkiyada

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing