Turkiya Qozog‘istonga va’da berdi

Olam

image

Turkiya har qanday vaziyatda va har qaysi jabhada Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlashga, ayniqsa, siyosiy va harbiy sohada Qozog‘istonning yonida turishga tayyor. Bu haqda davlat rahbari kecha, 10 may kuni Anqarada Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan o‘tkazilgan uchrashuvning yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida so‘z ochdi. 

Davlat rahbari o‘z nutqida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan “qonli yanvar” voqealarini eslab, unda halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. 

“Hozirda imzolagan qo‘shma deklaratsiya bilan hamkorlikni kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tardik. Turkiya va Qozog‘iston o‘zaro munosabatlari chuqur ildizlarga ega bo‘lgan ikki qardosh davlat bo‘lib, ular o‘z kuchini mushtarak tarix, til, din va madaniyatdan oladi.. Ular madaniy aloqalaridan kelib chiqqan chuqur ildizlarga ega ikki qardosh davlatdir. Biz Turkiya sifatida Qozog‘istonning barqarorligi va tinchligiga katta ahamiyat beramiz. Yanvar oyida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan fojiali voqealarda halok bo‘lganlarning yaqinlariga yana bir bor hamdardlik bildiraman va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. Do‘stimiz Qozog‘iston sinovdan yanada kuchliroq chiqqaniga umid qilaman”, deydi Erdo‘g‘an. 

Davlat rahbari so‘zida davom etarkan, To‘qayev boshchiligida Qozog‘istonni yangidan qurish yo‘lida olib borilayotgani islohotlarni olqishlashi va bu yo‘lda o‘ziga tushadigan vazifalarni bajarishga tayyorligini bildirdi. 

“Janob To‘qayevning yangi Qozog‘istonni shakllantirishdagi qat’iyati va irodasi tahsinga sazovor. Biz bu borada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlaymiz. Yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchimanki, biz qozoq birodarlarimiz barqarorligi, tinchligi, xavfsizligi va farovonligi uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Biz siyosiy, harbiy, iqtisodiy, savdo yoki madaniy sohalarda hamjihatligimizni davom ettiramiz va kelajakka yelkama-yelka, ishonch bilan qadam tashlaymiz. Biz har qanday sharoitda ham qozog‘istonlik birodarlarimizning yonida bo‘lamiz. O‘tmishdan bugungacha qurgan ko‘prikni mustahkamlab, birgalikda yo‘limizni davom ettiramiz”, deydi Erdo‘g‘an. 

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarlari boshchiligida o‘tgan delegatsiyalar uchrashuvi yakuni bo‘yicha 14 hujjat imzolandi. Ular orasida Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy razvedka sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma ham bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

177

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing