Turkiya qachon xorij vaksinalarini sotib olishni to‘xtatadi? Erdo‘g‘an javob berdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqmaguncha, xorij vaksinalarini sotib olishda davom etadi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an aytib o‘tgan. 

"Bugungi kunga kelib, taxminan 11,5 million fuqarolarimiz koronavirusga qarshi emlandi", degan Erdo‘g‘an. 

Unga ko‘ra, mamlakatda ilgari kiritilgan cheklovlar amalda bo‘ladi. 

Prezident fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga va xavfsizlik qoidalariga e’tiborsiz bo‘lmaslikka chaqirgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 2,89 millionni tashkil qilmoqda. 2,72 mln bemor ushbu kasallikni yenggan, 29 ming 552 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing