Turkiya Isroil Prezidentini olib ketayotgan samolyot uchun havo hududini yopti

Olam

image

Isroil Prezidenti Isxak Gersog Ozarbayjonda bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasiga (COP29) safarini Turkiya o‘z samolyotini havo hududi orqali o‘tkazishdan bosh tortgani uchun bekor qildi.

Bu haqda kecha, 17 noyabr kuni o‘z nomini oshkor etmagan Ozarbayjon rasmiylariga tayanib, Isroilning “Yedioth Ahronot” gazetasi xabar berdi.

Ular avvalroq "Caliber.az" axborot portali tomonidan e’lon qilingan ma’lumotni tasdiqladi.

Isroil rahbari rasmiy Wing of Zion bortidan foydalanishi kutilgandi. Forumda ishtirok etayotgan isroillik vazirlar esa Gruziya orqali tijorat reyslari bilan Bakuga yetib borgan.

"Diplomatik kanallar orqali qizg‘in muzokaralar bir necha kun davom etdi, ammo natija bermadi", dedi “Yedioth Ahronot” suhbatdoshi.

Shu bilan birga, manbalar rasmiy Baku iqlim bo‘yicha konferensiyada barcha tomonlarning ishtirok etishi uchun tegishli sharoitlar yaratib berganini qo‘shimcha qilgan.

Isroil Davlat rahbari idorasi esa avvalroq forumga tashrif xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilinganini bildirgan edi. Biroq Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining yuqori martabali xodimi "Caliber.az" portaliga Anqaraning pozitsiyasi tufayli Gersog anjumanda qatnasha olmasligini aytdi.

COP29 11-22 noyabr kunlari Bakuda bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy mavzusi 2025 yildan boshlab iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishdir. Mutaxassislar bunday chora-tadbirlar yiliga kamida trillion AQSH dollarini tashkil etishini taxmin qilmoqda. Bundan tashqari, konferensiya ishtirokchilari atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha kelgusidagi ishlarni muhokama qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing