Turkiya ikki yil ichida 2 ta katta musobaqa finalini qabul qiladi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Ijroiya qo‘mitasi 2025/26 va 2026/27 yilgi mavsumlarda Yevropa kuboklari final bosqichi o‘tkaziladigan shaharlarni tasdiqladi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

2026 yilda Yevropa Chempionlar ligasi finali Budapeshtda, Yevropa ligasi Istanbulda, Konferensiyalar ligasi esa Germaniyaning Leypsig shahrida bo‘lib o‘tadi. Bir yildan so‘ng Yevropa ligasining yakuniy o‘yiniga Germaniyaning Frankfurt shahri, Konferensiyalar ligasiga esa Istanbul mezbonlik qiladi. 2027 yilgi YeCHLning hal qiluvchi o‘yini o‘tkaziladigan joy keyinroq aniqlanadi. Agar “San-Siro” stadionida rekonstruksiya ishlari muvaffaqiyatli yakunlansa, YeCHL finali Milanda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum YeCHL finaliga Angliya poytaxti London shahridagi “Uembli” stadioni mezbonlik qiladi. Hal qiluvchi o‘yinda Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya”si bilan bahs olib boradi. Bahs Toshkent vaqti bilan 2 iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa ligasi finalida “Bayer” klubining mag‘lubiyatsiz seriyasi nihoyasiga yetgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Istanbul Turkiya Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made