Turkiya g‘azoliklarga mehribonchilik evaziga dunyodan pul undirmoqchimi?
Olam
−
08 noyabr 2023
9018Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning idorasi ommaviy axborot vositalarining G‘azo sektorining 750 ming aholisini qabul qilish evaziga respublikaga katta miqdorda xorijiy valyuta berilishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
“Amerika Qo‘shma Shtatlari va Isroilning Ko‘rfaz davlatlari, Misr va Turkiya bilan g‘azoliklarni evakuatsiya qilish va o‘t ochishni to‘xtatish borasida muzokaralar olib borayotgani, 750 ming g‘azolikni qabul qilish evaziga Turkiyaga kerakli valyuta berilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi Prezident idorasi bayonotida.
Shuningdek, Turkiya Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligida G‘azo sektorini intensiv bombardimon qilishni zudlik bilan to‘xtatish, tinch aholi o‘limining oldini olish, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamlarining uzluksiz yetkazilishini ta’minlash va tinch aholi ko‘chishining oldini olish uchun sa’y-harakatlarni davom ettirayotganini bildirdi.
“G‘azodagi tinch aholini ko‘chirishga qaratilgan har qanday yondashuv qabul qilinishi mumkin emas”, deya qo‘shimcha qildi idora.
LiveBarchasi