Turkiya G‘azoga uyushtirilgan aviahujumga munosabat bildirdi

Olam

image

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan havo hujumlarini keskin qoraladi va bu mojaroning yangi bosqichiga aylanmasligi uchun harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.

“Biz tinch aholining, jumladan, bolalarning hujumlar natijasida halok bo‘lishini qabul qilib bo‘lmas, deb hisoblaymiz. Hujumlar ortidan mintaqada keskinlik kuchayib borayotganidan chuqur xavotirdamiz”, deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Departament vazmin bo‘lish va sog‘lom fikrlashga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, Isroil armiyasi juma kuni blokada qilingan G‘azo sektoridagi “Islomiy jihod” markazlariga zarba berganini e’lon qildi.

G‘azoga aviahujum oqibatida 10 nafar falastinlik, jumladan 5 yoshli bola halok bo‘ldi, yana 55 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Shuningdek, aviazarbaga javoban G‘azodan Isroil tomonga 100 ga yaqin raketa uchirildi.

Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya Qatar Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al-Tani bilan Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarini muhokama qilgan.

Xoniyaning so‘zlariga ko‘ra, "G‘azoda falastinliklarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar Isroilning tajovuzkor niyatlarining ifodasidir. Biroq Isroil buni asossiz bahonalar bilan yashirmoqda".


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Falastin Isroil G'azo

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing