Turkiya g‘arbida meteorit quladi (video) 

Olam

image

Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir shahrida 30 iyuldan 31 iyulga o‘tar kechasi meteorit qulab tushdi. Bu haqda “Sabah” nashri xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, bu voqea soat 01:54 atrofida yorqin chaqnashlar bilan birga sodir bo‘lgan. 

Ba’zi guvohlarning aytishicha, ular hatto portlash ovoziga o‘xshash gumburlashni eshitgan. Hech qanday oqibatlar haqida ma’lumot berilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 iyul kuni Norvegiya sharqi bo‘ylab meteorit uchib o‘tib, yerga qulagandi. Odamlar uning gumburlagan ovozini ham eshitgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, olimlar 2021 yil 17 aprel holatiga ko‘ra, Yerga yaqinlashayotgan 25 647 taga yaqin osmon jismlarini ro‘yxatga olgan. Ro‘yxatga olinganlar orasidan 2180 ta asteroid Yer orbitasidan 8 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya meteorit

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing