Turkiya elektromobil zavodini ishga tushirdi. Mashina narxi qancha bo‘ladi?

Texnologiya

image

Turkiyaning ilk milliy avtomobili – TOGG elektromobillarining ishlab chiqarilishiga joriy yilning 29 oktyabr kuni – Turkiya Respublikasi tashkil topganining 99 yilligi munosabati bilan start berildi. Ikki yil avval taqdim etilgan avtomobilning konserni shu kuni Bursa shahrining Gemlik tumanida ochildi.

Zavod ochilish marosimida mamlakat rasmiylari, jumladan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an ishtirok etdii. 

“Turkiya avtomototransport vositalarining yetakchi eksportchilaridan biridir. TOGG loyihasi Turkiya uchun kuchli kelajak yaratish haqidagi umumiy orzumiz amalga oshishining tasdig‘idir. Bu 85 million xalqimizning g‘ururidir”, deydi Erdo‘g‘an ochilish marosimidagi nutqida. 

Prezidentga ko‘ra, Bursadagi korxona quvvati yiliga 170 ming elektromobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. 2023 yilning birinchi choragi oxirigacha tegishli sertifikatdan so‘ng Turkiyada birinchi TOGG elektromobillari paydo bo‘ladi. Fevral oyida elektromobillarning narxi ma’lum qilinadi.  

Turkiyaning turli mintaqalarini ifodalovchi beshta model va olti rangdagi elektr transport vositalari mamlakat g‘arbidagi Bursa viloyatida (Gemlik viloyati) ishlab chiqariladi. 

TOGG elektromobili 2019 yilda taqdim etilgan. Eng mashhur SUV (sport utility transport) segmentining krossover prototipini ketma-ket sinovdan o‘tkazish 2021 yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tdi, u 4,8 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqa oladi. Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, elektromobilni 80% ga zaryadlash 30 daqiqa davom etadi, to‘liq quvvat bilan bosib o‘tilishi va’da qilinayotgan masofa – 500 km. 

TOGG bosh direktori Gurjan Qoraqoshning jurnalistlarga aytishicha, yiliga 100 mingga yaqin elektromobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan, ishlab chiqarish quvvati esa bu ko‘rsatkichni 175 ming donaga yetkazishi mumkin. 2030 yilga kelib, bir millionga yaqin avtomobil yig‘ishni rejalashtirmoqda. Ularning narxi, avtomobil zavodi prognozlariga ko‘ra, 43 ming dollardan 54 ming dollargacha o‘zgarib turadi, biroq kompaniya vakillari xalqaro amaliyotga asoslanib, sotuvlar boshlanishidan oldin aniq narxni aytmagan. 

В Веgaсе показали Togg Transition — концептuальный elektrокар из Тuрции -  читайте в разделе Новости в Жuрнале Авто.рu

TOGG’ning Turkiyadagi rasmiy sotuvlari 2023 yilning mart oyida boshlanadi va 1,5 yil davomida ichki bozorga yo‘naltiriladi. Keyin esa avtomobilni Yevropa mamlakatlariga, xususan, Germaniya va Fransiyaga eksport qilish rejalashtirilgan. 

Первый тuрецкий elektromobil завтра покажuт в Лас-Веgaсе

Hokimlar va elchilar birinchi bo‘ladi

Turkiyaning 81 viloyati hokimlari, shuningdek, Turkiyaning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari birinchi bo‘lib elektromobillarni oladi. Shuningdek, kelasi yilning apreliga qadar Turkiyada elektromobillarni quvvatlash uchun 2000 dan ortiq shoxobchalar tashkil etiladi. 

Elektromobil ishlab chiqaruvchisi BMC, Anadolu Group, Kok Group, Zorlu Holding va Turkcell telekommunikatsiya operatorini o‘z ichiga olgan TOGG konsorsiumidir.


Maqola muallifi

Teglar

TOGG

Baholaganlar

842

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar