Turkiya elchisi O‘zbekistondagi missiyasini yakunlamoqda

Jamiyat

image

Bugun, 8 fevral kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatda o‘z vazifasini yakunlayotgan Turkiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Turkiyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar janoblari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Rahbarlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan birodarlik rishtalari har bir sohada yaqin hamkorlik uchun eng mustahkam poydevor yaratmoqda”, deb yozgan Saidov.

Shuningdek, vazir ikki o‘rtadagi aloqalarni mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun Olgan Bekarga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

“Qardoshlik munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan janob Elchiga samimiy minnatdorligimizni bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, degan u.

Ma’lumot uchun, Olgan Bekar 2021 yilning 5 mart kunidan boshlab Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Olgan Bekar Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov bilan uchrashgandi. Elchi qabul uchun Umurzoqovga minnatdorlik bildirib, uning O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini ma’lum qilgan hamda avval muhokama qilingan masalalar – Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bog‘ini tashkil etish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Baxtiyor Saidov Olgan Bekar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing