Turkiya BRICS'ga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi – “Bloomberg”

Olam

image

Turkiya hukumati bir necha oy oldin BRICS'ga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Bu haqda manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, shu yo‘l bilan Turkiya dunyoda o‘z ta’sirini kuchaytirish va rivojlanayotgan davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga intilmoqda. Bundan tashqari, BRICS'ga qiziqish Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish bo‘yicha progress yo‘qligi va NATO ittifoqchilari bilan kelishmovchiliklar fonida paydo bo‘ldi.

“Bloomberg”ga ko‘ra, mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G‘arb geosiyosiy markaz sifatidagi mavqeini yo‘qotmoqda va ko‘p qutbli dunyoning turli o‘yinchilari bilan munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor, deb hisoblaydi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, assotsiatsiyani kengaytirish masalasi 22-24 oktyabr kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan BRICS sammitida ko‘rib chiqilishi mumkin.

BRICS'ga 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan asos solingan va 2011 yilda Janubiy Afrika unga a’zo bo‘lgan. 2024 yilning 1 yanvarida Misr, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Efiopiya guruhning to‘liq a’zosi bo‘ldi. Bu yil assotsiatsiyaga Rossiya raislik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan  Xitoyga safari chog‘ida Turkiya BRICS’ga a’zo bo‘lmoqchiligi, bu masala ittifoq vazirlarining Nijniy Novgoroddagi yig‘ilishida muhokama qilinishini aytgandi. Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa 11 iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti arafasida Turkiya Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo bo‘lmoqchi ekanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya BRICS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made