Turkiya bironta ham afg‘on qochqinini qabul qila olmasligi aytildi

Olam

image

Turkiya Afg‘onistondan bironta ham qochqinni qabul qiladigan holatda emas. Bu haqda mamlakatdagi hukumron Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Omar Chelik ma’lum qildi.

“Turkiya qochqinlar uchun lager emas. Bizda (Afg‘onistondan) bironta ham qochqinni qabul qilish imkoniyati ham yo‘q. O‘zimiz qaror beramiz. Chegaralarimizni diqqat bilan qo‘riqlayapmiz”, degan Chelik.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Afg‘oniston muammosiga keng ko‘lamli yechim topish tarafdori.

“U intensiv xalqaro diplomatiya yurityapti. Afg‘onistondagi vaziyatni (Rossiya Prezidenti Vladimir) Putin, (Germaniya kansleri Angela) Merkel bilan muhokama qildi. Biz “Tolibon” nazoratiga o‘tgan Afg‘onistonda inson huquqlari masalasini diqqat bilan kuzatyapmiz. Afg‘on xalqini yolg‘iz qoldirib bo‘lmaydi. Hozir u yerda haqiqiy drama sodir bo‘lyapti”, degan hukmron partiya vakili.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkiya Tolibon

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing