Turkiya birinchi xonimi kitob yozdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya Respublikasi Prezidentining rafiqasi Emina Erdo‘g‘an kitob yozdi. Birinchi xonimning Afrika bo‘ylab sayohatlariga oid xotiralari aks etgan “Afrika sayohatlarim” nomli kitobi taqdimoti dunyo birinchi xonimlari ishtirokida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. 

Birinchi xonim Emina Erdo‘g‘an, kirish so‘zida Birlashgan Millatlar Tashkilotining kun tartibiga qo‘yilgan tinchlik va barqarorlikni saqlash, qashshoqlikka qarshi kurash, inson huquqlari va iqlim o‘zgarishi kabi ko‘plab mavzulardan Afrika mamlakatlari nomutanosib ravishda ta’sir ko‘rib kelayotganini urg‘uladi. 

Boshqa tomondan, Erdo‘g‘an Afrika ikki mingdan ortiq lingvistik va etnik jamoaga va 1 milliarddan ortiq aholiga ega bo‘lgan katta boylik ekanligini ta’kidlab, bu potensial Afrikani XXI asrning porloq yulduziga aylantirishiga chin dildan ishonishini bildirgan.

“Bu kitob Afrikaga safarim oldidan qilgan ko‘p tomonlama tayyorgarliklarga, bizni har doim tabassum bilan kutib olgan birinchi xonim do‘stlarim bergan ma’lumotlarga, elchilarimiz va ularning rafiqalaridan o‘rganganlarim va ko‘zlarim bilan o‘qiganlarimga asoslangan. Menga o‘rgatganlari uchun ularning har biridan qarzdorman”, deydi Emina Erdo‘g‘an taqdimotda. 

Kitob joriy yilning oktyabr oyidan sotuvga chiqadi. Undan tushgan barcha mablag‘lar Afrikadagi nochor ayollar va bolalar ta’limiga, shuningdek hunarmandchilik va san’atni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. 

Kitob Afrikada keng qo‘llaniladigan turk, ingliz, fransuz, arab va suaxili tillarida nashr etilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi boshida Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning  “Dunyo yanada adolatli bo‘lishi mumkin” nomli kitobi nashrdan chiqqan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an Emina Erdo'g'an

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing